Posted on 18.11.2022 FIZIKA ATTESTATSIYA №1 (BEPUL) 0% 137 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 FIZIKA ATTESTATSIYA №1 (BEPUL) FIZIKA ATTESTATSIYA №1 2019-yil Attestatsiyada tushgan BEPUL 1 / 40 1. Ersted tajribasida nimani aniqlagan? Tokli o’tkazgichning magnit strelkasiga ta’siri Tokli o’tkazgichning odamga ta’siri Tokli o’tkazgichning boshqa bir tokli o’tkazgichga ta’siri Tokli o’tkazgichning magnitga ta’siri 2 / 40 2. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan kichik bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub? Diamagnetik va paramagnetik paramagnetik diamagnetik ferromagnetik 3 / 40 3. Suv muzlaganda massasi o'zgaradimi? kamayadi suvning massasiga bog'liq o'zgarmaydi . ortadi 4 / 40 4. Sig`imi 6·10⁻⁹ F bo`lgan kondensatorga 20 nC elektr zaryadi berildi. Agar unga sig`imi 18·10⁻⁹ F bo`lgan zaryadsiz kondensator parallel ulansa birinchi kondensatorning qoplamalari orasidagi potensiallar farqi qanday o`zgaradi? 4 marta kamayadi 2,5 marta kamayadi 3 marta kamayadi 5 marta kamayadi 5 / 40 5. Har birining qarshiligi R = 60 Ω dan bo‘lgan uchta rezistorga ega bo‘lgan holda, qanday qarshiliklarni hosil qilish mumkin? 180Ω, 20Ω, 90Ω 180Ω, 20Ω, 90Ω, 30Ω, 40Ω, 60Ω, 120Ω 8,4 N 180Ω, 20Ω, 90Ω 6 / 40 6. Bir jinsli sterjen yerda yotibdi. Sterjenning bir uchiga F kuch bilan ta’sir etib, uni ko'tarish kerak. F kuchni sterjenning mg og'irlik kuchi bilan taqqoslang. F=mg F=mg/2 F<mg F>mg 7 / 40 7. Solenoiddagi tok kuchi 10 A bo‘lganda magnit maydon energiyasi 5 J bo‘lsa, solenoid orqali oqayotgan magnit oqimini (Vb) aniqlang. 15 10 1 5 8 / 40 8. q1= 10 va q2=16 nC zaryadlar bir-biridan a = 7,0 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan rv=3,0 mm va katta zaryaddan r2=4,0 mm masofada bo‘lgan nuqtaga joylashtirilgan q = 2,0 nC zaryadga qanday kuch ta’sir qiladi? k=9·109 N·m2/C2 4 mN 2 mN 8 mN 1 mN 9 / 40 9. l = 1,0 m kesmaga chastotasi v = 600 THz bo‘lgan nurlanishning nechta to‘lqin uzunligi joylashadi? c=3·108 m/s. 2•10⁶ 0,2•10⁶ 3•10⁶ 6•10⁶ 10 / 40 10. Bir jinsli valning uchidan 40 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi? 1 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi 1 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi 2 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi 2 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi 11 / 40 11. EYUKi ε = 3,0 V bo‘lgan batareyaga R = 20 Ω qarshilikli rezistor ulandi. Rezistordagi kuchlanish U =2,0V. Qisqa tutashuv toki topilsin. 0,15 A 3 A 0,3 A 0,1 A 12 / 40 12. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi? 4000 40 4 400 13 / 40 13. Energiyasi 3 eV bo'lgan fotonning to'lqin uzunligi qancha? h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s. 0,41• 10⁻⁷ m 8,2• 10⁻⁷m 4,1 • 10⁻⁷ m 0,82• 10⁻⁷ m 14 / 40 14. Tokli o‘tkazgich induksiyasi 20 mTl bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda joylashgan. Agar o'tkazgichning uzunligi l0 sm, tok kuchi 3 A,tokning yo‘nalishi va magnit induksiyasi vektori orasidagi burchak 45° bo‘lsa, o‘tkazgichga ta'sir etayotgan kuch qancha (mN)? 4.2 2.1 420 42 15 / 40 15. t = 10 s vaqt ichida o‘tkazgichdan q = 24 С zaryad o'tdi. O’tkazgichdagi kuchlanish U= 12 V. Tok bajargan ishni aniqlang. 144 J 2400 J 288 J 240 J 16 / 40 16. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng. X=7cos(6πt+π/2) X=0,7 cos(6πt+π/2) X=0,07 cos(12πt+π/2) X = 0,07•sin(6πt+π/2) 17 / 40 17. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). 17,3 27,3 10 30 18 / 40 18. Difraksion panjara yordamida hosil qilingan 1-tartibli ikkita maksimumlar o`zaro 60º burchak ostida kuzatilayotgan bo`lsa, hosil qilingan maksimumlar soni qanchaga teng bo`ladi? 5 4 9 3 19 / 40 19. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,25 kN tortish kuchi, 600 N ishqalanish kuchi va havoning 450 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng? 200 N 1050 N 450 N 600 N 20 / 40 20. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N). 10²⁰ 4,0•10²⁰ 2,0•10²⁰ 2,0•10²³ 21 / 40 21. M = 60 kg massa va V=700 m/s tezlikka ega bo`lgan snaryad portlab ikki bo`lakka bo`lindi, M/2 massa va V tezlikka ega bo`lgan birinchi bo`lak dastlabki yo`nalishiga nisbatan π /4 burchak ostida uchib ketdi. Ikkinchi bo`lakning impulsi snaryadning dastlabki impulsidan necha marta katta? 3,91 0,74 2,65 1,48 22 / 40 22. Magnit maydonni kuch xarakteristikasi nima? EYK Magnit induksiyasi Induktivlik Magnit oqimi 23 / 40 23. Massasi 200 g bo‘lgan po‘lat detalni 15°C dan 1115°C gacha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (kJ) sarflangan? Po‘latning solishtirma issiqlik sig‘imi 500 J/(kg·°C). 210 743 460 110 24 / 40 24. Massasi 240 kg bo’lgan tosh richak yordamida ko’tarilmoqda. Agar kichik yelka 0,6 m bo’lsa, uzunligi 2,4m bo’lgan kata yelkaga qanday kuch qo’yish kerak? 60 N 600 N 100 N 300 N 25 / 40 25. 4 litr suvni 15°C dan qaynaguncha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (MJ) berilgan? Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi va qaynash temperaturasi (normal sharoitda) mos ravishda 4200 J/(mol·K) va 100°C . 4,52 1,43 8,47 2,59 26 / 40 26. Elementning ichki qarshiligi 2 Ω, uning klemalaridagi kuchlanish 6 V. Bunda tashqi zanjir qarshiligi 4 Ω. Elementning to‘la quvvatini aniqlang (W). 13,5 6,75 27 1,35 27 / 40 27. Yuqoridan tik erkin tushayotgan jismning (n+2)chi sekunddagi ko`chishi (n+3)chi sekunddagi ko`chishidan qanchaga (m) farq qiladi? g=10 m/s² 20 ga 15 ga 13 ga 10 ga 28 / 40 28. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2 2.3 m 2,5 m 5 m 25 sm 29 / 40 29. Moddiy nuqta 2 minutda 600 marta tebranadi. Tebranish davrini aniqlang. 0,5 s 0,1 s 0,2 s 0,125 s 30 / 40 30. Suv kapillar naychada 0,028 m ga ko`tarildi. Naychaning diametrini (mm) aniqlang. Suvning sirt taranglik koeffitsiyentini 0,07 N/m deb oling. 1 0,2 0,7 2 31 / 40 31. Ikki zarracha bir-biriga tomon Yerga nisbatan v, = 0,50 с va v2 = 0,80 с tezlik bilan harakatlanmoqda. Ikkinchi zarracha bilan bog'langan sanoq sistemasida birinchi zarrachaning υ2 tezligi qancha? c=3·108 m/s. ≈ 0,39 c ≈ 0,76 c ≈ 0,89 c ≈ 0,93 c 32 / 40 32. Ideal issiqlik mashinasida isitkichning absolut harorati sovutkich haroratidan ikki marta ortiq. Isitkich haroratini saqlab qolgan holda, sovutkich harorati ikki marta kamaytirilsa, mashinaning FIKi qanday o`zgaradi? 15% ga ortadi 15% ga kamayadi 25% ga kamayadi 25% ga ortadi 33 / 40 33. Massasi 3,0kg bo‘lgan jism 7,2 m/s2 tezlanish bilan tik tushmoqda. Havoning qarshilik kuchi qancha? g=9.8m/s2 51 N 8,4 N 7,8 N 51,6 N 34 / 40 34. Metro vagoni ketma-ket ulangan 10 ta chiroq bilan yoritiladi. Agar vagonni 8 ta о’shanday chiroq bilan yoritiladigan qilinsa, elektr energiya sarfi o'zgaradimi? lampochkalarning quvvatiga bog'liq. . kamayadi o'zgarmaydi ortadi. 35 / 40 35. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h). 35 33,5 34,0 34,3 36 / 40 36. Kamondan o`q 24 m/s tezlik bilan vertikal ravishda yuqoriga otildi. Qanday balandlikda (m) uning kinetik energiyasi potensial energiyasiga teng bo`lishini aniqlang. 3,6 14,4 7,2 3,8 37 / 40 37. 22 kg torf batamom yonib bitganda qancha issiqlik miqdori (MJ) ajraladi? Torf uchun solishtirma yonish isiqligi 14·10⁶ J/kg ga teng. 636 207 836 308 38 / 40 38. Magnit maydon induksiyasi 50 mTl bo’lgan g'altakning magnit maydon energiya zichligini toping (J/m3). μ= 45 . μ0=4π·10-7 N/A2 88.4 22.1 44.2 11.05 39 / 40 39. Yer uchun birinchi kosmik tezlik υ ga teng. Massasi Yer massasidan 36 marta, radiusi esa 4 marta katta bo’lgan sayyoradagi birinchi kosmik tezlikni toping. 18υ 3υ 9υ 6υ 40 / 40 40. Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga parallel yo‘nalishda uchib kirgan neytronning trayektoriyasi qanday chiziq? To’g’ri chiziq vintsimon Parabola giperbola Ваша оценка The average score is 29% 0% Qayta boshlash
testlarga gap yo’q iloji bo’lsa bepul testlarni sonini ko’paytirsangizlar juyda xursand bo’lardim. pullik guruhga qo’shilishga imkonim yo’q afsuski olloh yo’lida bunday ulug’ ishlarni qilayotgan barchani o’z panohida asrasin Reply
1-chidan boshqasi pullikmi ustoz kirolmayapman
Ha pullik
men ham kirolmayapman
bunga kanaqa qilib kiramiz
Telegramdan @Fizikafineadmin ga yozing
Testlarga qanday kiramiz
to’lov qilsangiz kira olasiz
Ustoz t6lov qildim lekin chekni sizga yuborib b6lmayapti
Akkauntizga kirib b6lyapmayapti
Soat 22:26 da 1 oylik t6lovni karta raqamingizga tawadim
testlarga gap yo’q iloji bo’lsa bepul testlarni sonini ko’paytirsangizlar juyda xursand bo’lardim. pullik guruhga qo’shilishga imkonim yo’q afsuski olloh yo’lida bunday ulug’ ishlarni qilayotgan barchani o’z panohida asrasin
prosti zo’r ishlarga omad harakatdan toxtamaylar