FIZIKA ATTESTATSIYA №1 (BEPUL)

0%
156

FIZIKA ATTESTATSIYA №1 (BEPUL)

FIZIKA ATTESTATSIYA №1

2019-yil Attestatsiyada tushgan

BEPUL

1 / 40

1. Energiyasi 3 eV bo'lgan fotonning to'lqin uzunligi qancha? h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s.

2 / 40

2. Sig`imi 6·10⁻⁹ F bo`lgan kondensatorga 20 nC elektr zaryadi berildi. Agar unga sig`imi 18·10⁻⁹  F bo`lgan zaryadsiz kondensator parallel ulansa birinchi kondensatorning qoplamalari orasidagi potensiallar farqi qanday o`zgaradi?

3 / 40

3. Kamondan o`q 24 m/s tezlik bilan vertikal ravishda yuqoriga otildi. Qanday balandlikda (m) uning kinetik energiyasi potensial energiyasiga teng bo`lishini aniqlang.

4 / 40

4. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

5 / 40

5. Elementning ichki qarshiligi 2 Ω, uning klemalaridagi kuchlanish 6 V. Bunda tashqi zanjir qarshiligi 4 Ω. Elementning to‘la quvvatini aniqlang (W).

6 / 40

6. Magnit  maydon   induksiyasi 50 mTl  bo’lgan  g'altakning  magnit  maydon energiya zichligini toping (J/m3). μ= 45 . μ0=4π·10-7 N/A2

7 / 40

7. Difraksion panjara yordamida hosil qilingan 1-tartibli ikkita maksimumlar o`zaro 60º  burchak ostida kuzatilayotgan bo`lsa, hosil qilingan maksimumlar soni qanchaga teng bo`ladi?

8 / 40

8. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,25 kN tortish kuchi, 600 N ishqalanish kuchi va havoning 450 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng?

9 / 40

9. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N).

10 / 40

10. Yuqoridan tik erkin tushayotgan jismning  (n+2)chi sekunddagi ko`chishi  (n+3)chi sekunddagi ko`chishidan qanchaga (m) farq qiladi?  g=10 m/s²

11 / 40

11. Magnit maydonni kuch xarakteristikasi nima?

12 / 40

12. Tokli o‘tkazgich induksiyasi 20 mTl bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda joylashgan. Agar o'tkazgichning uzunligi l0 sm, tok kuchi 3 A,tokning yo‘nalishi va magnit induksiyasi vektori  orasidagi  burchak 45° bo‘lsa, o‘tkazgichga ta'sir etayotgan kuch qancha (mN)?

13 / 40

13. Massasi 3,0kg bo‘lgan jism 7,2 m/s2 tezlanish bilan tik tushmoqda. Havoning qarshilik kuchi qancha? g=9.8m/s2

14 / 40

14. Moddiy nuqta 2 minutda 600 marta tebranadi. Tebranish davrini aniqlang.

15 / 40

15. Solenoiddagi tok kuchi 10 A bo‘lganda magnit maydon energiyasi 5 J  bo‘lsa, solenoid orqali oqayotgan magnit oqimini (Vb) aniqlang.

16 / 40

16. Ikki zarracha bir-biriga tomon Yerga nisbatan v, = 0,50 с va v2 = 0,80 с tezlik bilan harakatlanmoqda. Ikkinchi zarracha bilan bog'langan sanoq sistemasida birinchi zarrachaning υ2 tezligi qancha? c=3·108 m/s.

17 / 40

17. EYUKi ε = 3,0 V bo‘lgan batareyaga R = 20 Ω qarshilikli rezistor ulandi. Rezistordagi kuchlanish U =2,0V. Qisqa tutashuv toki topilsin.

18 / 40

18. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng.

19 / 40

19. Har birining qarshiligi R = 60 Ω dan bo‘lgan uchta rezistorga ega bo‘lgan holda, qanday qarshiliklarni hosil qilish mumkin?

20 / 40

20. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan kichik bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

21 / 40

21. Massasi 200 g bo‘lgan po‘lat detalni 15°C  dan 1115°C  gacha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (kJ) sarflangan? Po‘latning solishtirma issiqlik sig‘imi  500 J/(kg·°C).

22 / 40

22. Bir jinsli valning uchidan 40 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi?

23 / 40

23. l = 1,0 m kesmaga chastotasi v = 600 THz bo‘lgan nurlanishning nechta to‘lqin uzunligi joylashadi? c=3·108 m/s.

24 / 40

24. 22 kg torf batamom yonib bitganda qancha issiqlik miqdori (MJ) ajraladi? Torf uchun solishtirma yonish isiqligi 14·10⁶ J/kg ga teng.

25 / 40

25. t = 10 s vaqt ichida o‘tkazgichdan q = 24 С zaryad o'tdi. O’tkazgichdagi kuchlanish U= 12 V. Tok bajargan ishni  aniqlang.

26 / 40

26. Ideal issiqlik mashinasida isitkichning absolut harorati sovutkich haroratidan ikki marta ortiq. Isitkich haroratini saqlab qolgan holda, sovutkich harorati ikki marta kamaytirilsa, mashinaning FIKi qanday o`zgaradi?

27 / 40

27. Yer uchun birinchi kosmik tezlik υ ga teng. Massasi Yer massasidan 36 marta, radiusi esa 4 marta katta bo’lgan sayyoradagi birinchi kosmik tezlikni toping.

28 / 40

28. Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga parallel yo‘nalishda uchib kirgan neytronning trayektoriyasi qanday chiziq?

29 / 40

29. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi?

30 / 40

30. M = 60 kg massa va V=700 m/s tezlikka ega bo`lgan snaryad portlab ikki bo`lakka bo`lindi, M/2 massa va V tezlikka ega bo`lgan birinchi bo`lak dastlabki yo`nalishiga nisbatan π /4 burchak ostida uchib ketdi. Ikkinchi bo`lakning impulsi snaryadning dastlabki impulsidan necha marta katta?

31 / 40

31. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h).

32 / 40

32. Bir jinsli sterjen yerda yotibdi. Sterjenning bir uchiga F kuch bilan ta’sir etib, uni ko'tarish kerak. F kuchni sterjenning mg og'irlik kuchi bilan taqqoslang.

33 / 40

33. q1= 10 va q2=16 nC zaryadlar bir-biridan a = 7,0 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan rv=3,0 mm va katta zaryaddan r2=4,0 mm masofada bo‘lgan nuqtaga joylashtirilgan q = 2,0 nC zaryadga qan­day kuch ta’sir qiladi? k=9·109 N·m2/C2

34 / 40

34. Massasi 240 kg bo’lgan tosh richak yordamida ko’tarilmoqda. Agar kichik yelka 0,6 m bo’lsa, uzunligi 2,4m bo’lgan kata yelkaga qanday kuch qo’yish kerak?

35 / 40

35. Suv kapillar naychada 0,028 m ga ko`tarildi. Naychaning diametrini (mm) aniqlang. Suvning sirt taranglik koeffitsiyentini 0,07 N/m deb oling.

36 / 40

36. Metro vagoni ketma-ket ulangan 10 ta chiroq bilan yoritiladi. Agar vagonni 8 ta о’shanday chiroq bilan yoritiladigan qilinsa, elektr energiya sarfi o'zgaradimi?

37 / 40

37. Suv muzlaganda massasi o'zgaradimi?

38 / 40

38. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2

39 / 40

39. Ersted tajribasida nimani aniqlagan?

40 / 40

40. 4 litr suvni 15°C dan qaynaguncha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (MJ) berilgan? Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi va qaynash temperaturasi (normal sharoitda) mos ravishda 4200 J/(mol·K)  va 100°C .

Ваша оценка

The average score is 29%

0%

12 Comments

  1. testlarga gap yo’q iloji bo’lsa bepul testlarni sonini ko’paytirsangizlar juyda xursand bo’lardim. pullik guruhga qo’shilishga imkonim yo’q afsuski olloh yo’lida bunday ulug’ ishlarni qilayotgan barchani o’z panohida asrasin

Добавить комментарий для Lola Asrorova Отменить ответ