FIZIKA ATTESTATSIYA №1 (BEPUL)

0%
153

FIZIKA ATTESTATSIYA №1 (BEPUL)

FIZIKA ATTESTATSIYA №1

2019-yil Attestatsiyada tushgan

BEPUL

1 / 40

1. Massasi 200 g bo‘lgan po‘lat detalni 15°C  dan 1115°C  gacha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (kJ) sarflangan? Po‘latning solishtirma issiqlik sig‘imi  500 J/(kg·°C).

2 / 40

2. Ideal issiqlik mashinasida isitkichning absolut harorati sovutkich haroratidan ikki marta ortiq. Isitkich haroratini saqlab qolgan holda, sovutkich harorati ikki marta kamaytirilsa, mashinaning FIKi qanday o`zgaradi?

3 / 40

3. q1= 10 va q2=16 nC zaryadlar bir-biridan a = 7,0 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan rv=3,0 mm va katta zaryaddan r2=4,0 mm masofada bo‘lgan nuqtaga joylashtirilgan q = 2,0 nC zaryadga qan­day kuch ta’sir qiladi? k=9·109 N·m2/C2

4 / 40

4. Magnit  maydon   induksiyasi 50 mTl  bo’lgan  g'altakning  magnit  maydon energiya zichligini toping (J/m3). μ= 45 . μ0=4π·10-7 N/A2

5 / 40

5. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2

6 / 40

6. Massasi 240 kg bo’lgan tosh richak yordamida ko’tarilmoqda. Agar kichik yelka 0,6 m bo’lsa, uzunligi 2,4m bo’lgan kata yelkaga qanday kuch qo’yish kerak?

7 / 40

7. Kamondan o`q 24 m/s tezlik bilan vertikal ravishda yuqoriga otildi. Qanday balandlikda (m) uning kinetik energiyasi potensial energiyasiga teng bo`lishini aniqlang.

8 / 40

8. Massasi 3,0kg bo‘lgan jism 7,2 m/s2 tezlanish bilan tik tushmoqda. Havoning qarshilik kuchi qancha? g=9.8m/s2

9 / 40

9. Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga parallel yo‘nalishda uchib kirgan neytronning trayektoriyasi qanday chiziq?

10 / 40

10. Suv muzlaganda massasi o'zgaradimi?

11 / 40

11. Yer uchun birinchi kosmik tezlik υ ga teng. Massasi Yer massasidan 36 marta, radiusi esa 4 marta katta bo’lgan sayyoradagi birinchi kosmik tezlikni toping.

12 / 40

12. Tokli o‘tkazgich induksiyasi 20 mTl bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda joylashgan. Agar o'tkazgichning uzunligi l0 sm, tok kuchi 3 A,tokning yo‘nalishi va magnit induksiyasi vektori  orasidagi  burchak 45° bo‘lsa, o‘tkazgichga ta'sir etayotgan kuch qancha (mN)?

13 / 40

13. Yuqoridan tik erkin tushayotgan jismning  (n+2)chi sekunddagi ko`chishi  (n+3)chi sekunddagi ko`chishidan qanchaga (m) farq qiladi?  g=10 m/s²

14 / 40

14. Magnit maydonni kuch xarakteristikasi nima?

15 / 40

15. Solenoiddagi tok kuchi 10 A bo‘lganda magnit maydon energiyasi 5 J  bo‘lsa, solenoid orqali oqayotgan magnit oqimini (Vb) aniqlang.

16 / 40

16. Metro vagoni ketma-ket ulangan 10 ta chiroq bilan yoritiladi. Agar vagonni 8 ta о’shanday chiroq bilan yoritiladigan qilinsa, elektr energiya sarfi o'zgaradimi?

17 / 40

17. Sig`imi 6·10⁻⁹ F bo`lgan kondensatorga 20 nC elektr zaryadi berildi. Agar unga sig`imi 18·10⁻⁹  F bo`lgan zaryadsiz kondensator parallel ulansa birinchi kondensatorning qoplamalari orasidagi potensiallar farqi qanday o`zgaradi?

18 / 40

18. 4 litr suvni 15°C dan qaynaguncha isitish uchun qancha issiqlik miqdori (MJ) berilgan? Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi va qaynash temperaturasi (normal sharoitda) mos ravishda 4200 J/(mol·K)  va 100°C .

19 / 40

19. EYUKi ε = 3,0 V bo‘lgan batareyaga R = 20 Ω qarshilikli rezistor ulandi. Rezistordagi kuchlanish U =2,0V. Qisqa tutashuv toki topilsin.

20 / 40

20. Moddiy nuqta 2 minutda 600 marta tebranadi. Tebranish davrini aniqlang.

21 / 40

21. M = 60 kg massa va V=700 m/s tezlikka ega bo`lgan snaryad portlab ikki bo`lakka bo`lindi, M/2 massa va V tezlikka ega bo`lgan birinchi bo`lak dastlabki yo`nalishiga nisbatan π /4 burchak ostida uchib ketdi. Ikkinchi bo`lakning impulsi snaryadning dastlabki impulsidan necha marta katta?

22 / 40

22. Bir jinsli valning uchidan 40 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi?

23 / 40

23. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan kichik bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

24 / 40

24. Ikki zarracha bir-biriga tomon Yerga nisbatan v, = 0,50 с va v2 = 0,80 с tezlik bilan harakatlanmoqda. Ikkinchi zarracha bilan bog'langan sanoq sistemasida birinchi zarrachaning υ2 tezligi qancha? c=3·108 m/s.

25 / 40

25. 22 kg torf batamom yonib bitganda qancha issiqlik miqdori (MJ) ajraladi? Torf uchun solishtirma yonish isiqligi 14·10⁶ J/kg ga teng.

26 / 40

26. Energiyasi 3 eV bo'lgan fotonning to'lqin uzunligi qancha? h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s.

27 / 40

27. Elementning ichki qarshiligi 2 Ω, uning klemalaridagi kuchlanish 6 V. Bunda tashqi zanjir qarshiligi 4 Ω. Elementning to‘la quvvatini aniqlang (W).

28 / 40

28. Har birining qarshiligi R = 60 Ω dan bo‘lgan uchta rezistorga ega bo‘lgan holda, qanday qarshiliklarni hosil qilish mumkin?

29 / 40

29. Ersted tajribasida nimani aniqlagan?

30 / 40

30. Suv kapillar naychada 0,028 m ga ko`tarildi. Naychaning diametrini (mm) aniqlang. Suvning sirt taranglik koeffitsiyentini 0,07 N/m deb oling.

31 / 40

31. l = 1,0 m kesmaga chastotasi v = 600 THz bo‘lgan nurlanishning nechta to‘lqin uzunligi joylashadi? c=3·108 m/s.

32 / 40

32. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h).

33 / 40

33. t = 10 s vaqt ichida o‘tkazgichdan q = 24 С zaryad o'tdi. O’tkazgichdagi kuchlanish U= 12 V. Tok bajargan ishni  aniqlang.

34 / 40

34. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,25 kN tortish kuchi, 600 N ishqalanish kuchi va havoning 450 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng?

35 / 40

35. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi?

36 / 40

36. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

37 / 40

37. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N).

38 / 40

38. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng.

39 / 40

39. Difraksion panjara yordamida hosil qilingan 1-tartibli ikkita maksimumlar o`zaro 60º  burchak ostida kuzatilayotgan bo`lsa, hosil qilingan maksimumlar soni qanchaga teng bo`ladi?

40 / 40

40. Bir jinsli sterjen yerda yotibdi. Sterjenning bir uchiga F kuch bilan ta’sir etib, uni ko'tarish kerak. F kuchni sterjenning mg og'irlik kuchi bilan taqqoslang.

Ваша оценка

The average score is 30%

0%

12 Comments

  1. testlarga gap yo’q iloji bo’lsa bepul testlarni sonini ko’paytirsangizlar juyda xursand bo’lardim. pullik guruhga qo’shilishga imkonim yo’q afsuski olloh yo’lida bunday ulug’ ishlarni qilayotgan barchani o’z panohida asrasin