Pedagogik mahorat testlari №48 (2025-yilda BAHORda aniq tushgan testlar №9)

0%
3

Pedagogik mahorat testlari №48 (2025-yilda BAHORda aniq tushgan testlar №9)

Pedagogik mahorat bo’yicha Attestatsiyaga tayyorgarlik testlari №48

(2025-yilda BAHORDA aniq tushgan testlar №9)

 

1 / 25

1. 14) Pedagog ota-onalar va o‘quvchilar bilan suhbatda, so‘z boyligining kengligi, fikr yuritayotganda mavzuga nisbatan chuqur bilimga ega ekanligi, bilimlarini o‘z tafakkuri doirasida tahlil qila olishini namoyon etadi. Suhbat jarayonida gaplarning ketma-ketligi, bir-biriga to‘g‘ri kelishi va izchilligi hammani hayron qoldiradi. Bunda pedagog nutqining asosiy xususiyatlaridan qaysi birini mohirona qo‘llagan hisoblanadi?

2 / 25

2. 33) Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shartsharoitlarni yaratish, tajriba sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Bu maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi.

3 / 25

3. 22) Moslashtiring. 1. Masofaviy ta’lim 2. Noana’naviy ta’lim a) o’quvchilar tomonidan o’quv materiallarini distansion o’rganish, ularning bilimlarini sinab ko’rish va o’qituvchilar bilan aloqa qilish uchun Internet va zamonaviy texnalogiyalardan foydalanishni o’z ichiga oladi B) o’qituvchi o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga, o’quv va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun yangi usullarni ishlab chiqish bo’yicha tajribaga asoslanadi c) Ta’lim nazariyasi o’quv faoliyatining kattalar subyekti tomonidan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishning o’ziga xos qonuniyatlarini ochib beradigan bo’limi

4 / 25

4. 13) Pedagogik nizoda yordam turlarini ko’rsating. 1. Maslahat berish 2. Tashxislash 3. Axborotli yordam ko’rsatish 4. Amaliy treninglar uyushtirish

5 / 25

5. 15) Yangi maktab yili boshida bir o‘quvchi o‘z sinfdoshlariga qo‘shilib ketishda qiyinchilikka duch keldi. U odatda ko‘p gapirmas va boshqalar bilan muloqot qilishni xohlamas edi. O‘qituvchi bola bilan alohida gaplashishga qaror qildi. U bolaning qiziqishlari, orzulari va qiyinchiliklari haqida so‘radi. Bolaning ichki hissiyotlarini tushunish uchun uning so‘zlarini e’tibor bilan tingladi va unga ishonch bildirdi. O‘qituvchi bolaning ichki kuchini rivojlantirish uchun unga kichik vazifalar berdi va har bir muvaffaqiyatini maqtadi. Shu bilan birga, o‘quvchini o‘z fikrlarini sinfda ochiq aytishga undadi. Vaqt o‘tishi bilan bola o‘ziga nisbatan ishonchini oshirdi va sinfda faolroq bo‘la boshladi. Endi u sinfdoshlariga yordam beradigan va o‘z fikrlarini aniq ifoda qiladigan darajada o‘zini erkin his qila boshladi. Ushbu vaziyatda o‘qituvchida qaysi qobiliyat rivojlangan?

6 / 25

6. 12) Pedagogik nizo turlarini belgilang 1. Tezda yakun topadigan nizolar, 2. Uzoq muddat davom etadigan nizolar 3. Kuchsiz sust kechadigan nizolar. 4. Kuchli tez kechadigan nizolar

7 / 25

7. 28) Geografiya darsida oʻquvchilar oʻrganilayotgan mavzu yuzasidan chizma va jadvallarni qayta tuza oldi, mavjud maʼlumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tavsiflay oldi. Bunda Blum taksonomiyasiga oid qanday koʻnikma turi shakllangan

8 / 25

8. 17) O’quv jarayonini tashkil etishda o’qituvchi uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni aniqlng. 1. o’quvchilarning bilimini baholash natijasida olingan ma’lumotlarni inobatga olgan holda rejalarni muvofiqlashtirish 2. Dars vaqtini oqilona rejalashtirish, darsning maqsad, shakl va usullarini aniqlash 3. sinfni boshqarish o’quvchilar hamkorligidagi va loyiha ishlarini tashkil etish 4. bolalar bilan muloqot qilish, ularning qadr qimmatini tan olish

9 / 25

9. 26) Blum taksonomiyasi mezonlarining ketma ketligini toping.

10 / 25

10. 18) O’qituvchi dars davomida uyga berilgan vazifani tekshirdi, o’tilganlarni takrorlash uchun savol-javob o’tkazdi. Yangi mavzuni yoritgach olingan bilimlarni mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan turli mashqlar bajardi. So’ng uyda bajariladigan vazifalarni tushuntirdi va darsni yakunladi. Bunda u darsning qaysi turidan foydalandi?

11 / 25

11. 24) Yig`ilishda bir o`qituvchi pedagogik mahorati yuqori ekanligi haqida gapirdi.Yosh mutaxassis esa o`z fanini chuqur bilishi, ammopedagogik mahorati yetishmasligini aytib, u nimalardan iborat bo`lishi so`radi. Quyida “ Pedagogik mahorat” tushunchasi ta’rifini qamrab olgan javoblarni belgilang. 1) Madaniyatning yuqori darajasi , bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko`rsatkichi 2) O`z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi 3) Pedagogika va psixalaogiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egalaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi 4) O`quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi

12 / 25

12. 27) Oʻqituvchi oʻquvchilarga mavzuga oid savollar berdi . Oʻquvchilar atamalar va aniq qoidalar bilan savollarga javob bera oldi. Bunda Blum taksonomiyasiga oid qanday koʻnikma turi shakllangan?

13 / 25

13. 34) Moslashtiring. 1. МОНОЛОГ 2. ДИАЛОГ 3. ПОЛИЛОГ a) ўқитувчи ва ўқувчи ўртасида ташкил этила- диган суҳбат b) ўқитувчи ва бир нечта ўқувчи ѐки ўқувчилар жамоаси ўртасидаги суҳбат- ни ифодаловчи нутқ c) ўқитувчининг ўзига ѐки ўқув- чиларга қаратил- ган нутқи (ички ва ташқи монолог

14 / 25

14. 11) PISA tadqiqotlari har necha yilda o’tkaziladi?

15 / 25

15. 21) Moslashtiring. 1. Metodologik tahlil 2. Psixologik tahlil a) o’quvchilarning kayfiyati, xushyorligi, ularning salomatligi, jamoadagi sog’lom muhit, fanga bo’lgan qiziqishlari dars berayotgan o’qituvchisiga munosabati kuzatiladi B) Ta’lim yo’nalishidagi hukumat qarorlari, talablar davlat tili, madaniyatining go’zal durdonalari, shu soha bo’yicha buyuk alloma va olimlarning qilgan ishlari, respublikadagi oxirgi o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlardan mashg’ulot davomida foydalanish kuzatiladi. C) O’qituvchining tashqi qiyofasi o’quvchilar bilan til topa olish mahorati, madaniyati, odobi bilan birgalikda dars jarayonida umuminsoniy tarbiyaning qismlarini o’quvchilarga bera olishi va uning nutq madaniyatida kuzatiladi?

16 / 25

16. 31) Baholash o‘qitishdagi adaptiv o‘zgartishlarga ko‘maklashadi. Birlamchi diagnoz asosida o‘qituvchi mazkur taʼlim siklda o‘qishni boshlashdan ilgari o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikmalari va munosabatlarining boshlang‘ich holatini aniqlaydi; birlamchi baholash natijalari asosida o‘quvchi tegishli o‘quv rejani tanlaydi va kerak bo‘lsa uni o‘quvchilarni ehtiyojlari va qobiliyatlariga qarab modifikatsiya qilishi mumkin. Quyida baholashning qaysi turiga ta’rif berilgan?

17 / 25

17. 25) Moslashtiring 1) Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish 2) Xavfsizlik rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash A) Ta’limning aniq va o`lchanadigan natijalarini, shuningdekushbu natijalarga erishda aniq muddatlar uchun vaziyatlarni aniqlash va ularni rejalarda shakllantirish B) O`quvchilarni ta’lim va tarbiya jarayoniga jalb qilish, ularning o`quv va bilim faoliyatiga qiziqtirish maqsadida o`quv guruhlarini boshqarish C) Turli madaniyatdagi bolalar, o`spirinlar bilim ishlashga imkon beradigan madaniyatlararo kompetensiyalarga ega bo`lish

18 / 25

18. 29) Moslashtiring. 1)Umumpedagogik (makro) daraja 2)Xususiy-metodik (mezo) daraja 3)Lokal daraja (mikro) a) Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fanini o‘qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirishni o‘zida aks ettiradi b) Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli c) Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining ma’lum tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi

19 / 25

19. 19) Direktor o’rinbosari yosh mutaxasisning darslarini tahlil qildi. Dars jarayonida yosh mutaxassis o’quvchilar bilimini nazorat qilib yangi mavzuni tushuntirdi. Yangi mavzuni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdi. Bunda u o’quvchining qabul qilish darajasi turli ekanligini hisobga olib, har bir o’quvchiga mos ravishda vazifalarni taqsimlab berdi. Dars soʼnggida yangi mavzu barcha uchun birdek tushunarli ekanligi ma’lum bo’ldi. Shunda o’qituvchi ta’lim samaradorligini ta’minlash uchun kerakli bo’lgan qanday ko’nikmalarni namoyon etdi?

20 / 25

20. 23. Moslashtiring 1) Bilim 2) Ko`nikma A) Egallagan bilimlarning aniq xatt-harakatidagi,ifodasi, o`zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo`llash usullarini egallash B) O`quv jarayoning tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig`i ,mazmuni uchun qobiq C) Ma’lum bir fanni nazariy o`zlashtirishni akas ettiradigan inson g`oyalari yi`g`indisi

21 / 25

21. 20) O’qituvchi o’z darslarida, turli tadbir va ota -onalar majlislarida turli she’riy parchalardan misollar keltirar edi. U She’riyat va musiqani chuqur his qilganligi sababli, uning o’quvchilari ijodkor maktab hayotida turli konsert dasturlari bilan faol ishtirok etadilar Bunday holatda o’qituvchining qanday qobiliyati namoyon bo’ladi?

22 / 25

22. 9) 4K metodlarini to’g’ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1. kretik 2. kreativlik, 3. koolobratsiya 4. kommunikatsiya

23 / 25

23. 16) Moslashtiring. 1. Kommunikatsiya 2. koolobratsiya a) Bunda o‘quvchining o‘z fikr va mulohazalarini boshqalarga aniq ifodalagan holda axborot almashish qobiliyati tushuniladi. b) Bu oʻquvchilarning maqsadga erishish uchun boshqalar bilan ishlash qobiliyatini anglatadi.

24 / 25

24. 10) 11- sinfda o’quvchilari o’zaro urishib qolishdi . Sinf rahbari vaziyatni eshitib , uni aniqladi va bolalarni yarshtirib qo’ydi.Bu gap sinfdan tashqariga chiqmasligini aytdi va ularni uylariga ruxsat berdi . Ushbu vaziyatda o’qituvchining qanday qobilyati namoyon bo’lmoqda?

25 / 25

25. 30)Moslashtiring. 1. Tushuntirish 2. Suhbat. 3. Hikoya. a) jtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan metoddir. Uning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. b) uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o‘quvchilari uchun dolzarbligi, o‘quvchilarning suhbat mazmuniga bo‘lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. c) O‘quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boyliklar, qahramonlar hayoti va jasorati,shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumin.

Ваша оценка

The average score is 22%

0%